Welcome to Xotin-qizlar portali   Click to listen highlighted text! Welcome to Xotin-qizlar portali Powered By GSpeech

Xotin-qizlarga e’tibor jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladi

Namangan davlat universiteti jamoasining deyarli 35 foizini xotin-qizlar tashkil etadi. Tahsil olayotgan talabalarning 60 foizi qizlardan iborat. Ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, talabalar bilim olishi, talabalar turar joylarida sog‘lom muhitni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Universitet xotin-qizlar kengashining yig‘ilishida so‘z olgan o‘quv ishlari hamda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektorlar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidan kelib chiqadigan vazifalar ijrosini ta’minlash muhimligini ta’kidladi. Yurtimizda xotin-qizlarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan e’tibor Namangan davlat universitetining barcha yo‘nalishlarida o‘z ifodasini topayotgani e’tirof etildi.

Oliy ta’lim dargohining xotin-qizlar kengashi raisi Saodat Usmonova, uning o‘rinbosari Ozoda Chuboyeva va fakultetlardagi faol ayollar universitet ma’muriyati tomonidan xotin-qizlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida to‘xtalib, jamoada rahbar bo‘lib ishlayotgan ayollar soni ortib borayotgani, bu esa, o‘z navbatida, gender tengligini ta’minlashda muhim omil ekanligi qayd etildi.

- Kengash yig‘ilishida davlatimiz rahbarining parlamentga Murojaatnomasida Oliy Majlis va hukumatga jamiyat va davlat boshqaruvida xotin-qizlar mavqeini oshirishga qaratilgan yaxlit tizim yaratish to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tib, muhim vazifalar belgilab berilgani ma’lumot o‘rnida aytib o‘tildi. Erishilgan yutuqlar asnosida mavjud muammolar yuzasidan fikr almashildi, - deydi universitet axborot xizmati rahbari Shoira To‘xtaboyeva. – Xususan, talaba qizlar o‘rtasida kiyinish, salomlashish, uyali telefon vositalaridan oqilona foydalanish, axborot xurujlari masalasidagi kamchiliklarni bartaraf etish, axborot iste’moli madaniyatiga jiddiy e’tibor qaratish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA

Top
BuxDU ATM tomonidan ishlab chiqildi.
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…