Welcome to Xotin-qizlar portali   Click to listen highlighted text! Welcome to Xotin-qizlar portali Powered By GSpeech

DIQQAT, EʼLON!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021 yil 19 maydagi PQ-5116-son qarorining tegishli bandlariga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan xotin-qizlarni turmushga tayyorlash, farzand tarbiyasiga oid ko‘nikmalarni mukammal shakllantirish, turli tazyiq, zo‘ravonlikdan himoya qilish, oilalarda suitsid va ajrimlarning oldini olish, xotin-qizlarning maʼnaviyatini yuksaltirish, bandligini taʼminlash, ularni kasb-hunarga o‘rgatish, tadbirkorlikka jalb etish maqsadida “AZIZ-AYOL.UZ” yagona interaktiv milliy platformasi ishga tushirildi.

Shuningdek, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan, o‘z joniga suiqasd qilgan yoki o‘z joniga qasd qilishga moyilligi bo‘lgan xotin-qizlar bilan o‘zaro aloqani amalga oshirish va shoshilinch ruhiy, psixoterapevtik, huquqiy yordam ko‘rsatish, maslahat berish va axborot taqdim etish maqsadida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining “1146” qisqa Ishonch telefoni “AZIZ-AYOL.UZ” yagona interaktiv milliy platformasi bilan muvofiqlashtirildi hamda yana-da takomillashtirildi.

Endilikda mazkur yangi tizim orqali Sizning har bir murojaatingiz 24 soat davomida qabul qilinadi hamda soha mutaxassis (psixolog, huquqshunos, ichki ishlar, tibbiyot xodimi)lari tomonidan shu vaqtning o‘zida tegishli javob beriladi.

Sizning har bir murojaatingiz bizning doimiy eʼtiborimizda!

Top
BuxDU ATM tomonidan ishlab chiqildi.
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…