Welcome to Xotin-qizlar portali   Click to listen highlighted text! Welcome to Xotin-qizlar portali Powered By GSpeech
Wednesday, 03 February 2021 06:34

Viloyat prokurori kubogi Featured

Written by 
Rate this item
(1 Vote)

Buxoro viloyat prokuraturasining tashabbusi bilan  viloyat hokimligi hamda Oliy Majlis qonunchilik palatasi “Yoshlar parlament”ining Buxoro viloyatidagi a’zolari, viloyat yozuvchilar uyushmasi, viloyat yoshlar ittifoqi, oliy ta’lim muassasalari, viloyat ma’naviyat va ma’rifat markazi, Ibn Sino nomidagi viloyat davlat kutubxonasi hamkorligida viloyatda, xususan 2-sektorda istiqomat qiluvchi yoshlar va xotin-qizlar o’rtasida har oyda 4 tadan kitob o’qitish g’oyasi asosida mahalla-tuman-viloyat bosqichida “viloyat prokurori kubogi” o’tkaziladi.

  Tanlovda mahallalardan saralab olingan 30 yoshgacha o’smirlar va yoshlar o’rtasida tuman-shaharlar bosqichi hamda 2-bosqich viloyat bosqichida o’tkazilib, har bir bosqichda test hamda og’zaki savol-javob tarzida ishtirokchilar bilimi sinaladi. 

 Tanlovni o’tkazish shartlari yilning boshida e’lon qilinadigan va har oyda o’qish uchun tavsiya etiladigan 4 ta kitob mazmun-mohiyatini o’rganish darajasini aniqlash uchun test hamda og’zaki savol-javoblar asosida belgilanadi.

  Har bir shahar-tumandan 1-, 2-, 3-o’rinlarni egallagan yoshlar tanlovning viloyat bosqichiga yo’llanma oladi.

Tanlovning tuman (shahar) bosqichlari har oyning 3-shanbasida bir vaqtning o’zida soat 11:00 da tuman-shahar 2-sektorlar bilan kelishilgan joylarda, viloyat bosqichi esa har oyning 4-shanbasida Buxoro shahri Islom Karimov ko’chasi, 1-uyda joylashgan 2-sektor binosida o’tkaziladi.

  Viloyat bosqichi g’olib va sovrindorlari viloyat hokimligi tomonidan taqdirlanib, 1-o’rin uchun televizor, 2-o’rin uchun planshet, 3-o’rin uchun telefon qimmatbaho sovg’alari hamda viloyat 2-sektori rahbarining Faxriy yorlig’i va ko’chma kubogi bilan taqdirlanadi.

Kitoblar ro`yxati

 

Read 1268 times Last modified on Wednesday, 03 February 2021 06:46
Super User

Aslon Ergashev

Leave a comment

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Top
BuxDU ATM tomonidan ishlab chiqildi.
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…