Welcome to Xotin-qizlar portali   Click to listen highlighted text! Welcome to Xotin-qizlar portali Powered By GSpeech

“Ayollar daftari”ning birinchi bosqichida ehtiyojmand xotin-qizlarga 21 mlrd. 58 mln. so‘mlik moddiy yordamlar ko‘rsatildi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Admininistratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi mas’ul xodimlari ishtirokida “Aholi muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etishda ijtimoiy dasturlar (“Temir daftar”, “Ayollar daftari”)ning ahamiyati, natijalar va kelgusi vazifalar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida mamlakatimiz xotin-qizlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda ishsiz ayollar bandligini ta’minlashning yangicha tizimi sifatida yo‘lga qo‘yilgan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan yordamlarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Tahlillarga ko‘ra, bugungi kunga qadar ushbu daftarga jami 432 781 nafar xotin-qizlarning ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularning 432 275 nafariga amaliy yordamlar ko‘rsatildi. Jumladan, “Ayollar daftari” tizimining 1-bosqichida 251 363 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlarning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashildi. 36 697 nafar boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand xotin-qizlarga 27 mlrd. 572 mln. so‘m miqdorida moddiy yordam berildi. 29 040 nafar nogironligi bo‘lgan va o‘zgalar parvarishiga muhtoj xotin-qizlarga 21 mlrd. 58 mln. so‘mlik moddiy yordamlar belgilangan tartibda to‘lab berildi. Shuningdek, 4 164 nafar uy-joyini ta’mirlashga muhtoj I guruh nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarga moddiy yordam berildi va uy-joylari ta’mirlab berildi. Bunga homiylik mablag‘lari va qonunda taqiqlanmagan manbalar hisobidan 20 mlrd. 856 mln. so‘m mablag‘ sarflandi. Noturar joylarda istiqomat qilayotgan, o‘zining yoki birgalikda yashovchi oila a’zolarining nomida turar joy mavjud bo‘lmagan 8 834 nafar xotin-qizlardan 4 065 nafariga 8 mlrd. 635 mln. so‘mlik ijara kompensatsiyasi to‘lab berildi, 4 769 nafari imtiyozli arzon uy-joylar bilan ta’minlandi. Qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan bolasi mavjud 8 103 nafar yolg‘iz ayollarga “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 4 mlrd. 831 mln. so‘m, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan 785 mln. so‘m, shuningdek, homiylik va boshqa manbalar hisobidan 1 mlrd. 344 mln. so‘m, jami 6 mlrd. 959 mln so‘m miqdorida moddiy yordamlar ajratildi. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning 44 023 nafariga tibbiy, 24 652 nafariga huquqiy, 23 399 nafariga psixologik yordamlar ko‘rsatildi.
Top
BuxDU ATM tomonidan ishlab chiqildi.
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…